TALABALAR AMALIYOTINI BOSHQARISHDA YANGI BOSQICH!
08.09.2025 08:51:27 21
Bugun Namangan davlat pedagogika institutida talabalar amaliyotini samarali tashkil etish va nazorat qilish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot tizimi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yangi tizim imkoniyatlari:
Talabalar amaliyotga biriktiriladi
Jarayon onlayn kuzatib boriladi
Rahbarlar va mas’ullar tomonidan baholash hamda hisobotlar avtomatlashtiriladi
Talabalar amaliyot o‘tayotgan joyi geolokatsiya orqali aniqlanadi va real vaqt rejimida nazorat qilinadi
Taqdimot davomida qatnashchilar yangi tizimning afzalliklari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, savol-javoblar tashkil etildi va dastur imkoniyatlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur dasturiy ta’minot talabalarning amaliyot jarayonini yanada shaffof, qulay va samarali boshqarishga xizmat qiladi.
Bu yangilik o‘quv jarayonini raqamlashtirish, nazoratni kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.