Namangan davlat pedagogika institutiga talabalikka tavsiya etilgan abuturiyentlar hujjatlarini qabul qilish jarayonlari boshlandi!
25.08.2025 12:08:04 26

Qabul chegarasidan yuqorida joylashgan abituriyentlar, quyidagi hujjatlarni institutga taqdim etishlari so‘raladi:
📌Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:
👉 Pasport nusxasi — 3 dona (asli ko‘rsatilgan holda)
👉 Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) — asli va nusxasi
👉 Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) — nusxasi
👉 3,5x4,5 o‘lchamdagi foto surat — 8 dona
👉 Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyozni tasdiqlovchi hujjatning asli
👉 Abituriyent javob varaqasi
👉 Abituriyent qayd varaqasi
❗️Dovon ortida istiqomat qiluvchi talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, ular yuqorida qayd etilgan hujjatlarni 2025-yil 3-sentabr kuni institutga taqdim etishlari mumkin.
🗺Manzil: Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316-uy.
Xaritadan ko'rish uchun bu yerni bosing 👉 Xaritada ko'rish (https://maps.google.com/maps?q=41.002730,71.675217&ll=41.002730,71.675217&z=16)