English English English

NamDPIda profilaktik uchrashuv o'tkazildi

  25.05.2026 14:55:14    6


Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Tadbir Namangan shahar Favqulodda vaziyatlari bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.


NamDPIda profilaktik uchrashuv o'tkazildi


Uchrashuvda Namangan shahar Favqulodda vaziyatlari boshqarmasi inspektori, katta leytenant H.Tursunov, Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i A.Xolmatov, Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muhandisi G.Daminova, Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha muhandisi S.Gapparov, shuningdek, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti hamda Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari L.Nuraliyeva, M.Umarova, H.Alimova va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan favqulodda holatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, is gazidan zaharlanishning oldini olish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda belgilanmagan suv havzalarida cho‘milishning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganida to‘g‘ri harakat qilish, o‘zini va atrofdagilarni himoya qilish bo‘yicha tavsiya hamda tushuntirish ishlari olib borildi.


NamDPIda profilaktik uchrashuv o'tkazildi NamDPIda profilaktik uchrashuv o'tkazildi NamDPIda profilaktik uchrashuv o'tkazildi NamDPIda profilaktik uchrashuv o'tkazildi NamDPIda profilaktik uchrashuv o'tkazildi NamDPIda profilaktik uchrashuv o'tkazildi NamDPIda profilaktik uchrashuv o'tkazildi