BOSHLANG‘ICH TA’LIM: INNOVATSION G‘OYALAR VA ILMIY METODIK TARAQQIYOT STRATEGIYALARI
16.05.2025 08:29:26 9
Namangan davlat pedagogika institutida Boshlang'ich ta'lim innovatsiyalari kafedrasining BOSHLANG‘ICH TA’LIM: INNOVATSION G‘OYALAR VA ILMIY METODIK TARAQQIYOT STRATEGIYALARI" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

Mazkur anjuman boshlang‘ich ta’lim sohasidagi dolzarb ilmiy-metodik masalalarni muhokama qilish, innovatsion g‘oyalar almashinuvi hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishga qaratildi. Tadbirda respublikaning turli OTMlaridan ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Anjumanda boshlang‘ich ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish, STEAM yondashuvi asosida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish, fanlararo integratsiya, metodik yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar mavzularida ma’ruzalar tinglandi.