English English English

“Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli davom etmoqda!

  07.05.2026 12:53:15    4


Agar sizning ishlanmangiz ertangi kunni o‘zgartira olsa — uni faqat g‘oya sifatida qoldirmang. Uni rivojlantiring, sinovdan o‘tkazing va dunyoning yetakchi muhandislik tashkilotlarida stajirovka o'tab, xalqaro darajaga olib chiqing.


“Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli davom etmoqda!


Kimlar ishtirok etishi mumkin?

✅20–40 yosh oralig‘idagi yoshlar
✅Muhandislik yo‘nalishida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega nomzodlar
✅ Bakalavr, magistratura talabalari hamda professor-o‘qituvchilar



Asosiy talablar:

✅ Istiqbolli muhandislik ishlanmasi (g‘oya, loyiha yoki ixtiro) muallifi bo‘lish;
✅Xorijiy tilni (ingliz yoki qabul qiluvchi davlat tili) yetarli darajada bilish;
✅Aniq maqsad va reja bilan stajirovkada ishtirok etishga tayyor bo‘lish.



Qanday ishlanmalar qabul qilinadi?

✅ Dolzarb va amaliy ahamiyatga ega;
✅Innovatsion yechimlarni o‘z ichiga olgan;
✅Texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan;
✅Tijoratlashtirish va rivojlantirish imkoniyatiga ega loyihalar



📩 Hujjatlaringizni topshirishga shoshiling! Ariza topshirish muddati - 20-maygacha!

Kelajak muhandisi bo‘lish sari ilk qadamni bugun qo‘ying!

Batafsil: muhandis.edu.uz

Murojaat uchun:
+998502106338