Teatr bu-ibratxonadir.
22.04.2026 10:01:50 2
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari Alisher Navoiy nomidagi musiqali drama teatriga tashrif buyurdilar
Pedagogika fakulteti tyutorlari B.Shermirzayev, M. Boytillayev va M. Sharipovlar boshchiligida bir guruh talabalar "Aziz" spektakli namoyishiga tashrif buyurdilar. Ushbu spektaklda talabalar o‘zlariga katta ma’naviy ozuqa oldilar. Asar davomida insoniy qadriyatlar, hayotiy sinovlar va onaning buyuk siymosining asl mohiyati yorqin badiiy talqinda yoritib berildi. Talabalar spektakldagi obrazlar orqali hayotiy xulosalar chiqarib, teatr san’atining jozibasini yanada chuqur his etdilar.
Mazkur tashrif talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning estetik didini oshirish hamda milliy madaniyatimizga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.