Bir haftada – bir kitob
05.05.2026 08:20:44 19
Talabalar turar joyida “Bir haftada – bir kitob” loyihasi doirasida mazmunli va samarali tadbir tashkil etildi
Namangan davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida “Bir haftada – bir kitob” loyihasi doirasida mazmunli va samarali tadbir tashkil etildi. Unda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent U. S. Boboxo‘jayev, fakultet tyutori X. Abduraxmonov, M.Anbarova hamda institutning “Bir haftada – bir kitob” loyihasi koordinatori O. Madaminova faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talaba-yoshlar bilan kitobxonlik madaniyati, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida suhbat olib borildi. Ustozlar tomonidan badiiy kitoblar talabalarga esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi. Bu esa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni ilm olishga undashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
Shuningdek, ustozlar va talabalar o‘rtasida samimiy muhitda shaxmat va shashka o‘yinlari tashkil etildi. Bu o‘yinlar talabalar uchun nafaqat maroqli hordiq, balki mantiqiy fikrlash, strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.