English English English

“Ustozlarga ehtirom”

  26.09.2025 09:20:16    3


Namangan davlat pedagogika instituti 1-kurs magistratura bosqich talabalari “Ustozlarga ehtirom” mavzusida iliq va samimiy tadbir tashkil etdilar.


“Ustozlarga ehtirom”


Tadbirning bosh maqsadi — ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini izhor etish, ularni qadrlashga chorlashdan iborat bo‘ldi.

Talabalar o‘z ustozlarini bayram bilan tabriklab, ezgu tilaklar izhor etdilar. She’rlar o‘qildi, samimiy so‘zlar yangradi, kichik sovg‘alar taqdim etildi. Tadbir davomida ustozlarning mashaqqatli mehnati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni hamda beqiyos xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Mazkur uchrashuv nafaqat ustozlar, balki talabalar uchun ham unutilmas kun bo‘ldi. Ustozlarga ehtirom ko‘rsatish, ularning duolari va oq yo‘llari bilan kelajak sari dadil odimlash yoshlar uchun katta ibrat bo‘lib xizmat qiladi.


“Ustozlarga ehtirom” “Ustozlarga ehtirom” “Ustozlarga ehtirom” “Ustozlarga ehtirom” “Ustozlarga ehtirom” “Ustozlarga ehtirom”