NamDPIda “Mezonlarga asoslangan baholash” mavzusidagi seminar-treninglar yakunlandi
13.08.2025 09:02:37 22
Namangan davlat pedagogika institutida ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy baholash tizimlarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan “Mezonlarga asoslangan baholash” mavzusidagi seminar-treninglar oʻz nihoyasiga yetdi.

Seminar davomida oʻqituvchilar malakali va tajribali pedagoglar ishtirokida quyidagi masalalar boʻyicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar:
mezonlarga asoslangan baholash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari;
baholash mezonlarini belgilash tartibi va bosqichlari;
yangi baholash tizimini o‘quv jarayonida samarali qo‘llash yo‘llari.
Tadbir yakunida ishtirokchilar baholashning ilg‘or metodlari boʻyicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar, o‘z tajriba almashdilar va kelgusida ta’lim jarayoniga tatbiq etish uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqdilar.
Mazkur seminar-treninglar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish, ta’lim jarayonida shaffof va samarali baholash tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.