NamDPI Axborot-resurs markazi xodimlari munosib e’tirof etildi
01.06.2026 08:39:15 7
Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazining Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi mudiri Dilbar Yakkubbayeva hamda Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri E’zozxon Yakkubbayeva o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi, mas’uliyatli mehnati va ta’lim tizimi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun “O‘z kasbining fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur mukofot jamiyat taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan, kasbiy faoliyatiga sadoqat bilan yondashayotgan fidoyi insonlarga nisbatan yuksak ehtirom va hurmat ifodasidir.
Ta’kidlash joizki, Dilbar Yakkubbayeva hamda E’zozxon Yakkubbayeva ko‘p yillik samarali faoliyati davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, talaba-yoshlarning bilim olishiga ko‘maklashish hamda zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini takomillashtirish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Ushbu yuksak e’tirof bilan ustozlarni samimiy muborakbod etamiz