"NamDPI olimpiadasi" g'oliblari aniqlandi.
29.04.2025 10:45:16 3
Viloyatdagi umumiy o’rta ta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilari o’rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o'tkazilgan "NamDPI olimpiadasi" g'oliblari aniqlandi.

Olimpiada g'oliblarini taqdirlash marosimida institut rektori Bahodir Xusanov ishtirok etib, barcha o'quvchi-yoshlarga kelgusi faoliyatlarida yuksak natijalar, omad va muvaffaqiyatlar tilab o'tdi. Shundan so'ng, tanlov g'oliblari hamda ularning o'qituvchilari maxsus diplom va olimpiada yakuniy bosqichining barcha ishtirokchilari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.