English English English

ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI

  05.03.2026 11:28:31    14


Namangan davlat pedagogika institutida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N. Maxmudova, fakultet maslahatchilari G.Dehqonova, G.Odilova hamda Filologiya kafedrasi katta o'qituvchisi I.Ibragimova, ARM mutaxassisi D.Yakubbayeva, Art pedagogika kafedrasi o'qituvchilari G.Jurayeva, G. Usmonjanova, institut psixologi N. Tajibayeva hamda talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI


Dasatavval tadbir boʻyicha N. Maxmudova ishtirokchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi va Zulfiya shoira o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi ekanini, ayolning sadoqati, matonati, vatanparvarligi va insoniy fazilatlarini o‘z ijodida yuksak darajada ifoda etganini ta’kidladi. Shoiraning boy adabiy merosi yosh avlodni ma’naviy yetuk, vatanparvar va fidoyi insonlar etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini qayd etdi. Filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi I. Ibragimova shoira ijodining asosiy yo‘nalishlarini, uning she’rlarida ayol qalbi, mehr-muhabbat, sadoqat va Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ular chuqur ifoda etilganini ilmiy asosda tushuntirdi. Shuningdek, Art pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi G. Jurayeva esa shoira hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi, shu jumladan Zulfiya mukofoti olishidagi izlanishlari haqida ham so‘zlab berdi.

Tadbir davomida shoira she’rlari asosida badiiy chiqishlar namoyish etildi, bu esa ishtirokchilar uchun o‘zbek adabiyotining beqiyos boyligini yaqindan his qilish imkonini berdi.


ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI ZULFIYA - SADOQATLI AYOL TIMSOLI VA IJOD NAMUNASI