"NamDPI olimpiadasi" g‘oliblari taqdirlandi.
27.04.2026 15:24:33 2
Namangan viloyatidagi umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan kimyo, biologiya va fizika fanlari bo'yicha ko'p bosqichli "NamDPI olimpiadasi" g'oliblari aniqlandi.
Namangan viloyatidagi umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan kimyo, biologiya va fizika fanlari bo'yicha ko'p bosqichli "NamDPI olimpiadasi" g'oliblari aniqlandi. Olimpiada g'oliblarini taqdirlash marosimida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Murodxon Qodirxonov hamda O'quv ishlari bo'yicha prorektor Ahliddin Abdunazarovlar ishtirok etib, barcha o'quvchi-yoshlarga kelgusi faoliyatlarida yuksak natijalar, omad va muvaffaqiyatlar tilab o'tdi hamda tanlov g'oliblari hamda faol ishtirokchilkar maxsus diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Eslatib o'tamiz, olimpiadaning yakuniy bosqichida birinchi, ikkinchi hamda uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan ishtirokchilar tegishli fan sohalari bo'yicha Namangan davlat pedagogika institutiga bakalavriat bosqichiga imtiyozli kirish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.