INSON AZIZ— XOTIRA MUQADDAS
06.05.2025 09:19:06 13
9-may — "Xotira va qadrlash kuni" - g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat'iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning haqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir.

Shu munosabat bilan Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-bosqich Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabalari Namangan shahar Mingchinor dahasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bolochenkova Galina aya xonadoniga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Ikkinchi jahon urushi boshlanishi, urushning oqibatlari, ayaning boshidan kechirgan og’ir kunlari haqida suhbatlashdilar.
Talabalar onaxonni bayram bilan tabrikladilar, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Ushbu tashrif barcha talabalar uchun tinchlikni qadrlash muhim ekanligini yana bir bor eslatdi.