English English English

Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism)

  30.01.2026 08:58:52    8


Kengash majlisining navbatdagi qismida JYUSHMBN va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan ijro intizomi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan hisobot taqdim etildi. Mazkur yo‘nalishda murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, mas’ul ijrochilar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.


Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism)


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026–115-son qarori ijrosi doirasida institutda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholining kitob o‘qishga qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori ijrosi doirasida:
— xorijiy tillarni o‘qitish sifati,
— xorijiy tillarda dars berayotgan pedagoglar faoliyati,
— ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash jarayoni yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Kengashda, shuningdek, “Tajriba va tadqiqotlar markazi” nizomi, akademik mobillik, ilmiy unvonlar hamda magistratura ta’limiga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tasdiqlash bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Majlis yakunida kun tartibida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul rahbar va ijrochilarga aniq topshiriqlar berildi. Institutda ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini yanada oshirish, shuningdek belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari doimiy nazoratga olindi.


Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism) Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism) Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism) Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism) Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism) Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism) Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism) Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism) Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism) Kengash yig'ilishi davom etdi... (2-qism)