Qirg'izistondan xabarlar!
29.04.2025 11:02:00 30
Avval xabar berganimizdek (https://t.me/namspii/31771), Qirg'iziston Respublikasining Osh davlat universitetida tashkil etilgan "StudEXPO-2025" xalqaro tanlovi o'z nihoyasiga yetdi.

Xalqaro tanlovda, 10 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan 200 dan ortiq iqtidorli talaba-yoshlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z g‘oya va ishlanmalari bilan g‘oliblik uchun jiddiy raqobatga kirishishdi.
Quvonarli tomoni, mazkur tanlovda "Robototexnika va avtomatlashtirish" yo'nalishi bo'yicha institutning Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi 1-kurs magistranti, Yoshlar akademiyasi lideri O'rmonjonov Azizbek Muhammadjon o'g'li faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi hamda maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tanlov yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida ham professor-o'qituvchilarimiz hamda talabalarimiz eng yuqori o‘rinlarni egallagan holda faol ishtirokchi sifatida maxsus sovrinlar bilan alohida taqdirlanishdi.
Talabalarimizni qo‘llab-quvvatlab zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berayotgan institutimiz rahbariyati va barcha ustozlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.