"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida yangi tashabbus
23.06.2025 09:56:02 44
Namangan davlat pedagogika institutining Maktabgacha taʼlim kafedrasi qoshida "Ijodkor qizlar" toʻgaragi tashkil etildi.

Toʻgarak rahbari D.Olimova boshchiligida talaba qizlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun aqliy rivojlanishga xizmat qiluvchi ijodiy ishlanmalarni tayyorlash sir-asrorlarini oʻrganmoqdalar.
Bu tashabbus talabalarning kasbiy malakasi va pedagogik innovatsion ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.