21-may O'zbekiston Respublikasi Axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni
21.05.2025 09:03:07 4

Ingliz faylasufi Frensis Bekon kitobga shunday ta'rif beradi: "Kitob vaqt to'lqinlaridan suzib, avloddan avlodga qimmatbaho yukni eltib beruvchi kema misolidir."
Ushbu xazinani saqlab, ziyo ulashuvchi maskan esa albatta kutubxonadir.
Kutubxonachilarni ko‘p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qadrlash maqsadida 2019-yildan buyon Respublikamizda 21-may "Axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni" sifatida deb belgilanib, yurtimiz bo'ylab keng nishonlanilmoqda.
💐Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi oliygoh axborot resurs markazi jonkuyar xodimlarini ushbu bayram bilan samimiy tabriklaydi.