“Ma’rifat ulashib” – talabalar turar joyida!
12.11.2025 00:33:41 12
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma’naviy uchrashuvlar izchil davom etmoqda.
Bugun Namangan davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida “Gulxan atrofida mushoira kechasi” tashkil etildi.
Kechada talabalar o‘z ijod namunalari — she’r va hikoyalarini o‘qishdi, ustozlar esa so‘z sehri, ijod zavqi va ma’naviyatning hayotdagi o‘rni haqida samimiy suhbatlashishdi.
Iliq muhit, samimiy so‘zlar va gulxan atrofidagi nurli kecha yoshlar qalbiga iliqlik, ilhom va ishonch bag‘ishladi.
Bunday tadbirlar talabalar dunyoqarashini kengaytirib, ularni ijod, o‘qish va tafakkur sari chorlaydi.