English English English

Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  12.03.2026 15:03:54    11


Namangan davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilidagi 7-sonli Kengashning kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda institut rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim va xizmatlar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.


Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Majlisni institut rektori B.E.Xusanov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Kun tartibiga muvofiq, dastlab institutdagi vakant lavozimlarga tanlov o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan institut Kengashi kotibi A.Abdurahmonov tomonidan ma’lumot berilib, tegishli takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, majlis davomida institutda “Akademik halollik va ilmiy tadqiqot etikasi kodeksi”ni joriy etish masalasi muhokama qilinib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Qodirxonov tomonidan ma’ruza qilindi.

Kengashda ta’limda transformatsiya jarayonini amalga oshirishga doir nizomlarni tasdiqlash masalasi ham kun tartibidan o‘rin oldi. Xususan, Transformatsiyani tashkil etish bo‘limi nizomi, transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi, aniq fanlar kafedrasi nizomi, Aniq fanlar oliy maktabi nizomi hamda baholash mezonlari yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Abdunazarov tomonidan axborot berildi.

Majlisda, shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili ko‘rib chiqilib, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala sifatida institutda kitobxonlik madaniyatini oshirish va uning targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Bu borada Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isqoboyev tomonidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, majlisda 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi va sinov dasturlarini tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Asqarova axborot berdi.

Majlis davomida ijro intizomi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati ham muhokama qilinib, bu boradagi mavjud holat va kamchiliklar yuzasidan JYUSHMBN va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Majidov tomonidan hisobot taqdim etildi.

Kengash kun tartibidagi turli masalalar doirasida bir qator muhim masalalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan talabalar dissertatsiya mavzulari hamda ilmiy rahbarlarini tasdiqlash, professor-o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish mezonlarini belgilash, “Zamonaviy pedagog” markazi nizomini tasdiqlash hamda institutda “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘qitish jarayonlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, institutda “NamDPI Ilmiy Kengash (Ped) raqamli platformasi”dan foydalanish tartibini tasdiqlash, Registrator ofisi xizmatlarini Digital Campus ekotizimida raqamlashtirish, ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Majlis davomida yangi avlod o‘quv adabiyotlarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya etish masalasi ham muhokama qilinib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar ma’qullandi.

Majlis yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul rahbar va ijrochilarga aniq topshiriqlar berildi.


Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi