Qirgʻiziston bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ta'lim va madaniyat koʻprigi: oʻzbek–qirgʻiz hamkorligi” nomli xalqaro ilmiy loyiha
28.02.2026 16:10:32 17
2024-yilning 15–16-oktabr kunlari institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Isokboyev Alisher Ahmadjonovich, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Tursunpulatov Alisher Muhammad o‘g‘li hamda ART-pedagogika kafedrasining bir qator professor-o‘qituvchilari va talabalari “Ta’lim va madaniyat ko‘prigi: o‘zbek-qirg‘iz hamkorligi” loyihasi doirasida Qirg‘iziston Respublikasining Osh shahrida joylashgan Osh davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, madaniy almashinuvni rivojlantirish hamda ikki ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida bilim va ko‘nikmalarni boyitishga yaqindan ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.