RANGLARDA IFODALANGAN TARIX
20.10.2025 21:15:47 16
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Kelajak soati” rukni doirasida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari navbatida, MTM-AR-25-guruh talabalari ishtirokida “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida rasm chizish tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ijodiy tanlov fakultet tyutori L. Xonto‘rayeva tomonidan tashkillashtirildi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda estetik did va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, shuningdek, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari orqali Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga xos me’moriy yodgorliklar, tarixiy manzaralar va milliy qadriyatlarimizni turli rang va shakllarda tasvirlashga harakat qilishdi. Har bir asar o‘ziga xos yondashuv va g‘oya bilan ajralib turdi.
“Ranglarda ifodalangan tarix” nafaqat talabalarning san’atga bo‘lgan muhabbatini, balki o‘z tariximiz va madaniyatimizga bo‘lgan chuqur hurmatini ham aks ettirdi.