INTIZOM VA OGOHLIK
13.09.2025 08:41:02 2
Namangan davlat pedagogika instituti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan institut xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda kasb kasalliklarini kamaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar xodimlarga ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, mehnat muhofazasi sohasidagi huquqiy me’yorlar, xodimlarning majburiyatlari va huquqlari, shuningdek, mehnat intizomi hamda ishlab chiqarish madaniyatiga oid masalalar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida xodimlarga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy amal qilish, ish jarayonida o‘z salomatliklarini asrash va xavfsizlikni ta’minlash borasida muntazam ogoh bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi.