English English English

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

  08.05.2025 10:54:09    22


Bugun Toshkentll davlat iqtisodiyot universitetining sport majmuasida “Talabalar festivali” doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berish marosimi hamda talabalarning sport sinovlarida ishtirok etish tadbiri bo‘lib o‘tdi.


“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.


Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Departament rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston  Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va 500 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, mamlakatning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari vakillari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdi.

Qayd etilganidek, 8–25-may kunlari respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarida 18–29 yoshdagi talaba-yoshlar ushbu sport sinovlarida ishtirok etadi. Mazkur jarayonni samarali tashkil etish maqsadida oliygohlarga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining 201 nafar malakali mutaxassisi biriktirilgan.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi – yoshlar orasida jismoniy faollikni oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash hamda jismonan chiniqqan va intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Namangan davlat universitetida oʻtkazilgan ushbu marosim koʻtarinki ruhda davom etib, unda Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Alisher Isoqboyev hamda institutning sportchi talabalari munosib ishtirok etishdi.


“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.