English English English

"NOMINGIZ TILLARDA MANGU YASHAYDI..."

  02.05.2025 10:42:30    35


Namangan davlat pedagogika institutida 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi aʼzolari tomonidan Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun "Nomingiz tillarda mangu yashaydi" deb nomlangan jasorat tarixi darsi otkazildi.


"NOMINGIZ TILLARDA MANGU YASHAYDI..."


Dastlab, institut birinchi prorektori A.Isoqboyev tashrif buyurgan mehmonlarni mazkur bayram bilan tabriklab, talaba-yoshlarga 9-may kunining mohiyatini tushuntirib oʻtdi. Ikkinchi jahon urushi davrida yurtimizdagi holat, ota-bobolarimizning ko'rsatgan jasoratlari, urushning oqibatlari haqida so'zlab berdi.

Faxriylar ham soʻz olib, o'zlarining yoshlik davri, urush voqealari haqida qiziq ma'lumotlarni aytib, yosh avlod vakillariga vatanparvarlik insonni yuksaltirishini, Vatanning bir qarich tuprogʻi ham aziz ekanligi, uni asrab-avaylash har bir insonning muqaddas burchi ekanini, tinchlikni qadriga yetish kerakligini taʼkidlab oʻtishdi.


"NOMINGIZ TILLARDA MANGU YASHAYDI..." "NOMINGIZ TILLARDA MANGU YASHAYDI..." "NOMINGIZ TILLARDA MANGU YASHAYDI..." "NOMINGIZ TILLARDA MANGU YASHAYDI..." "NOMINGIZ TILLARDA MANGU YASHAYDI..."