English English English

Namangandan Buyuk Britaniyaga — ta’lim zafar yo‘li

  13.08.2025 09:01:09    17


Namangan davlat pedagogika instituti vakillari Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.


Namangandan Buyuk Britaniyaga — ta’lim zafar yo‘li


Tashrif davomida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarini erishilgan yutuq bilan samimiy tabriklab, har bir a’zoga NamDPI rahbariyatining Tashakkurnomasi topshirildi.

❗️ E’tiborli jihati shundaki, 8–9-sinf o‘quvchilari bo‘lgan besh nafar yosh allaqachon IELTS bo‘yicha 7,5–8 ball natijaga erishgan. Maktab jamoasi tanlovning uch bosqichida jami 850 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi va Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdirlandi.

➖ Tashrif yakunida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-umumta’lim maktabi jamoasiga kelgusi faoliyatida yanada yuksak marralarni zabt etish tilagi bildirildi. Shuningdek, Namangan davlat pedagogika instituti va ushbu ta’lim muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik kelgusida ham izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.


Namangandan Buyuk Britaniyaga — ta’lim zafar yo‘li Namangandan Buyuk Britaniyaga — ta’lim zafar yo‘li Namangandan Buyuk Britaniyaga — ta’lim zafar yo‘li Namangandan Buyuk Britaniyaga — ta’lim zafar yo‘li Namangandan Buyuk Britaniyaga — ta’lim zafar yo‘li Namangandan Buyuk Britaniyaga — ta’lim zafar yo‘li