Ochiq ma’ruza mashg‘uloti — ijod va ilm uyg‘unligida!
11.11.2025 00:21:58 9
Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi J.Muxitdinova Texnologik ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli 3-bosqich talabalari uchun “Odam gavdasi haqida ma’lumot” mavzusida ochiq ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Dars davomida talabalarga kiyim loyihalashda gavda xususiyatlari va ularga kiyim moslash usullari haqida batafsil tushunchalar berildi. Mashg‘ulotda turli interfaol metodlar — “Siyosiy daqiqa”, “Javobi menda” va “Men dizaynerman” usullari qo‘llanilib, dars jarayoni yanada qiziqarli va ijodiy tus oldi.
Talabalar darsdan yangi bilimlar, ilhom va amaliy ko‘nikmalar bilan chiqishdi.