English English English

XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM

  26.12.2025 09:11:41    4


Namangan davlat pedagogika institutida xalqaro ta’lim standartlari asosida pedagog kadrlarni tayyorlashga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Namangan davlat pedagogika instituti hamda Namangan Prezident maktabi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Future Teachers: Acceleration Program” loyihasi doirasidagi dastlabki muhim qadamlaridan biri bo‘ldi.

Tadbirda Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Abdunazarov, Namangan shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori B.Ergashev, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Hasanov, shuningdek, institutning faol professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Seminar-treningni institut rektori B.E. Xusanov kirish so‘zi bilan ochib, ushbu hamkorlik loyihasi institut bitiruvchilarini xalqaro darajadagi pedagoglar sifatida shakllantirish, ularni Kembrij ta’lim tizimi asosida tayyorlash hamda kelgusida IGCSE va AS/A Level dasturi fanlarini yuqori saviyada o‘qita oladigan malakali mutaxassislar etib yetishtirishga qaratilganini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur maqsadga erishish yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratdi.


XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM


Shundan so‘ng Namangan Prezident maktabining ijrochi direktori B. Ergashev hamda direktor o‘rinbosari S.Hasanovlar loyiha mazmun-mohiyati, xalqaro darajadagi o‘qituvchi maqomini qo‘lga kiritish jarayonlari, zarur bosqichlar va muhim talablar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

➡️ Kembrij ta’lim tizimining asosiy tamoyillari;
➡️ An’anaviy oliy ta’lim bitiruvchisi va Kembrij pedagogi o‘rtasidagi farqlar;
➡️ Xalqaro imtihonlar va baholash mezonlari (AO1, AO2, AO3);
➡️ Pedagoglarni amaliyot asosida tayyorlash va mentorlik modeli
kabi masalalar atroflicha yoritib berildi.

Tadbir davomida Prezident maktablari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan mentorlik asosidagi amaliy tayyorlov, mikro-darslar hamda xalqaro sertifikatlash bosqichlari — Cambridge PDQ va A-Level dasturlari haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar oldilar hamda mazkur hamkorlik loyihasining amaliy va strategik ahamiyati yuqori ekanini ta’kidladilar. Ushbu loyiha institut bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi alohida e’tirof etildi.


XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM