English English English

Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli

  26.07.2025 08:43:26    42


Namangan davlat pedagogika institutida 2025-2026 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari doirasida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun alohida tartibda test sinovlari tashkil etildi.


Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli


Imtihonlar mazkur toifadagi abituriyentlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, moslashtirilgan va qulay muhitda o‘tkazildi.

Har bir abituriyentga individual yondashuv asosida, og‘zaki shakldagi test topshiriqlari orqali bilim darajasi baholandi.

Imtihon jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida ota-onalar uchun imtihonlarni real vaqt rejimida onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.

Mazkur tashabbus imkoniyati cheklangan yoshlar uchun sifatli va teng taʼlim olish yo‘lida muhim qadamlardan biridir. Institut rahbariyati tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilib, abituriyentlar o‘z bilim va salohiyatlarini erkin namoyon eta olishlari uchun zarur muhit ta’minlandi. Maxsus ehtiyojli yoshlar uchun imtihonlar adolatli, shaffof va qulay tarzda tashkil etilishi ta'minlanmoqda.

Imtihonlar davomida hech bir abituriyent e’tibordan chetda qolmaydi — har bir yoshga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyat yaratiladi.


Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli Har bir yosh o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun haqli