BILIM VA TEXNIKA: CHEMPIONLIK SARI
06.10.2025 19:51:14 5
Namangan davlat pedagogika institutida Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Hamidullo Jurahonov tashabbusi bilan kurash bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Namangan viloyati Kurash federatsiyasi ijrochi direktori Bo‘tayev Komiljon Oxunjanovich, viloyat Kurash federatsiyasi bosh mutaxassisi Sodaliyev Samandar Islomjon o‘g‘li, shuningdek Namangan davlat universiteti Sport faoliyati yo‘nalishi dotsenti, kurash bo‘yicha jahon chempioni va Belbog‘li kurash federatsiyasi ijrochi direktori G‘oziyev Nuriddin Ruxiddinovich hamda mazkur kafedra mudiri Sobit Azizov ishtirok etdi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilarga kurashning nazariy va amaliy jihatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Tajribali mutaxassislar tomonidan texnik usullar namoyish etildi, sportchilar bilan savol-javoblar va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — milliy sport turlarini yoshlar orasida keng targ‘ib etish, sportchilarni xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishga tayyorlash, ularning mahoratini yanada oshirish va tajriba almashishdan iboratdir.
Seminar yakunida sportchilarga metodik ko‘rsatmalar berildi va kelgusida shunday amaliy mashg‘ulotlarni muntazam ravishda tashkil etib borishning ahamiyati ta’kidlandi.