Talabalarning muzeylarga tashrifi davom etmoqda
06.11.2025 23:18:35 8
Bugun Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova boshchiligida 1- bosqich O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabalari Namangan shahrida joylashgan “O’zbekning Lermontovi” -Usmon Nosir uy muzeyiga tashrif buyurdi.
Talabalar mazkur maskanda o‘zbek adabiyotining boy tarixi, uning buyuk namoyondalari, o'rta asrlar, yaqin o‘tmish va zamonaviy o‘zbek adabiyoti vakillarining ijodlari bilan tanishdilar. Shuningdek, Usmon Nosir muzeyi asoschisi, jurnalist R.Irisov tomonidan Usmon Nosir bolaligi, oilasi, taqdiri, ijodi haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosirning faoliyatiga oid ijodiy-ilmiy me'roslar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tashrif davomida talabalar bu kabi muzeylarga tashrif talabalar uchun muhimligi, ularning bilimlari va tarixiy xotiralarini yanada kengaytirishga xizmat qilishiga amin bo’lishdi.