English English English

TALABALIKDAN RAHBARLIK SARI: SARVINOZ MAMADALIYEVA DEKANLIK LAVOZIMIDA!

  24.09.2025 08:57:15    59


Namangan davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan rektor va yoshlar uchrashuvida Sarvinoz bir kun dekanlik vazifasini o‘z zimmasiga olib, dekanlik mas’uliyatini his etmoqchi ekanligi haqida rektorga o‘z taklifini bildirgan edi.


TALABALIKDAN RAHBARLIK SARI: SARVINOZ MAMADALIYEVA DEKANLIK LAVOZIMIDA!


Sarvinoz Mamadaliyeva bugun “talaba emas, dekan” taklifiga muvofiq institutga dekan lavozimida tashrif buyurib, o‘z xonasida ish faoliyatini boshladi.

Dastlab dekan Mamadaliyeva xonasiga tashrif buyurgan institut rektori tomonidan yangi dekan faoliyati bo‘yicha maslahatlar berildi hamda ish jarayoniga oid fikr-mulohazalar almashildi. Shundan so‘ng Sarvinoz kunlik vazifalarni amalga oshirishga kirishdi.

Yangi dekan kun davomida professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi, talabalarning taklif va muammolarini tingladi, o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga oid bir qancha tashabbuslarni ilgari surdi. Ayniqsa, talabalarga yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash, ularning darsdan tashqari faoliyatini yanada jonlantirish borasidagi fikrlari barchaga manzur bo‘ldi.

Sarvinoz Mamadaliyeva o‘zining salohiyatli va tashabbuskor talaba ekanligini, qolaversa, boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lganini amalda isbotlab berdi. Ustozlar ham, talabalar ham uning faoliyatidan mamnun bo‘lishdi.

Bunday tajriba yoshlar uchun nafaqat rag‘bat, balki kelgusida mas’uliyatli rahbarlik lavozimlariga intilish, o‘zida liderlik fazilatlarini tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Sarvinozning bir kunlik dekanlik faoliyati o’zi hamda institut jamoasi xotirasida unutilmas taassurot qoldirdi va kelajakda boshqa iqtidorli talabalar uchun ham ibratli tajribaga aylandi.


TALABALIKDAN RAHBARLIK SARI: SARVINOZ MAMADALIYEVA DEKANLIK LAVOZIMIDA! TALABALIKDAN RAHBARLIK SARI: SARVINOZ MAMADALIYEVA DEKANLIK LAVOZIMIDA! TALABALIKDAN RAHBARLIK SARI: SARVINOZ MAMADALIYEVA DEKANLIK LAVOZIMIDA! TALABALIKDAN RAHBARLIK SARI: SARVINOZ MAMADALIYEVA DEKANLIK LAVOZIMIDA! TALABALIKDAN RAHBARLIK SARI: SARVINOZ MAMADALIYEVA DEKANLIK LAVOZIMIDA! TALABALIKDAN RAHBARLIK SARI: SARVINOZ MAMADALIYEVA DEKANLIK LAVOZIMIDA! TALABALIKDAN RAHBARLIK SARI: SARVINOZ MAMADALIYEVA DEKANLIK LAVOZIMIDA!