Namangan davlat pedagogika instituti: Kelajak pedagoglari bilan uchrashuv!
04.05.2026 08:29:25 23
Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti Abdullayev Akmal Nasriddinovich Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida navbatdagi targ'ibot manzillarida bo'ldi.
To'raqo'rg'on tumandagi 6 hamda 34-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o'quvchilari bilan samimiy va mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida bitiruvchilarga institutimizdagi ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘qitish metodikasi va talabalar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar atroflicha tushuntirildi. Bu kabi muloqotlar yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga undash bilan birga, ularning pedagogikaga bo‘lgan ishtiyoqini yanada yuksaltirishni maqsad qilgan.
Shuningdek, suhbat davomida o'quvchilarga institutimizda yaratilgan sharoitlar, xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalarning ilmiy va ijodiy faoliyati haqida so‘zlab berildi. Shuningdek, bitiruvchilarni qiziqtirgan savollariga javob qaytarilib, ularga kelajakda o'z qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun NamDPIda barcha imkoniyatlar yetarli ekanligi ta'kidlandi.