Dunyoga yoʻl: NamDPI professor-oʻqituvchilari Kembrij universitetida
21.10.2025 21:26:41 10
Ayni damda Namangan davlat pedagogika institutining bir guruh professor-oʻqituvchilari Kembrij universitetida malaka oshirish dasturida ishtirok etishmoqda.
Delegatsiyamiz a’zolari universitetning tajribali professorlari — C.Brooks, G.Marshall, P.Warwick va M.Winterbottom tomonidan tashkil etilgan treninglarda faol qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar “Yaxshi dars qanday bo‘ladi?”, “Biz tayyorlaydigan o‘qituvchilar qanday kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak?”, “O‘qitish va yaxshi o‘qitish o‘rtasidagi farq nimada?”, “O‘qitish jarayonida dialogik metodning ahamiyati qanday?” kabi savollar yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, ular universitetning PGCE (Postgraduate Certificate in Education) dasturining maqsadi, mazmuni, tuzilishi va hamkorlik asosida olib boriladigan mentorlilik tizimi bilan yaqindan tanishdilar.
Malaka oshirish dasturi davom etmoqda.