Amaliyot — nazariyaning hayotdagi davomidir!
06.10.2025 19:50:26 5
Aniq va tabiiy fanlar fakultetining Tabiiy fanlar yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun amaliyot ob’yektlariga biriktirish jarayoni amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus ish beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlarini inobatga olgan holda, bo‘lajak mutaxassislarni amaliy tajriba asosida tayyorlash, o‘qitishning usul va shakllarini yanada takomillashtirish, shuningdek, fan, o‘quv jarayoni va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Talabalar tanlangan tashkilot va muassasalarda amaliy faoliyat yuritish jarayonida o‘z bilimlarini amalda sinab ko‘rish, kasbiy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish va o‘z sohasining haqiqiy mutaxassisi sifatida shakllanish imkoniga ega bo‘ladilar.
Bu jarayon — ta’lim bilan amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish sari tashlangan muhim qadamdir.