“Ustoz hayot bogʻboni”
29.09.2025 09:48:01 13
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari tomonidan “Ustoz hayot bogʻboni” mavzusida qiziqarli savol-javoblar chellenji tashkil etildi.

Mazkur chellenjda nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etib, samimiy fikrlar va qiziqarli savol-javoblar orqali tadbir yanada mazmunli bo‘ldi.
Ustozlarga bagʻishlangan mazkur tashabbus yoshlarda ehtirom, mehr va qadrlash tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.