Giyohvandlikka qarshi kurashish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi
13.09.2025 08:40:23 2
Namangan davlat pedagogika institutida Ichki ishlar organlari xodimlari va boshqa mas'ullar ishtirokida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish yo‘nalishida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, huquqiy mas’uliyat hamda jinoyatchilikning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar uchun huquqiy savodxonlikni oshirish bo'yicha muhim tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan takliflar va savollar mutaxassislar tomonidan batafsil muhokama qilindi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish, hamda giyohvandlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.