Sirtqi ta'lim o'quv jarayonlari qizg'in pallada
11.05.2025 11:08:07 29
Ayni vaqtda Namangan davlat pedagogika institutida sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi 3-bosqich talabalari bilan o'quv jarayonlari olib borilmoqda.

Jumladan, Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalari ham dars mashg'ulotlarida kuchli ishtiyoq, qiziqish bilan faol ishtirok etmoqdalar.
Fotosuratlarda "Tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi" fanidan amaliy mashg'ulot jarayoni aks etgan boʻlib, unda talabalar noan'anaviy rasm chizish usullari, applikatsiya, qurish-yasash, kvilling, origami, tabiiy va tashlandiq materiallardan buyumlar yasash kabi faoliyatlar bilan shugʻullanishmoqda.