English English English

Akademik litseyda “O‘qituvchilarga ehtirom” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

  03.12.2025 10:08:03    11


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institut rektorining tegishli topshiriqlari ijrosi doirasida Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyida “O‘qituvchilarga ehtirom” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Akademik litseyda “O‘qituvchilarga ehtirom” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi


Uchrashuvni o‘quv-uslubiy boshqarma huzuridagi akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi V.Yoqubjonov olib bordi.

Suhbat davomida:
• pedagoglarning mehnat huquqlarini buzilishining oldini olish;
• huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish;
• bunday holatlar yuzaga kelganda murojaat qilinadigan davlat organlari bo‘yicha tushunchalar berildi.

🔹 Pedagoglarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi va uning ijrosi amalda ta’minlab borilishi ta’kidlandi.
🔹 O‘quv yili davomida litsey va texnikum pedagoglari o‘rtasida muntazam so‘rovnomalar va suhbatlar o‘tkazilib, ularning huquqiy muammolarini aniqlash va belgilangan tartibda hal etish mexanizmlari muhokama qilindi.

Tadbir pedagoglarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda ularning mehnat sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.


Akademik litseyda “O‘qituvchilarga ehtirom” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi Akademik litseyda “O‘qituvchilarga ehtirom” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi Akademik litseyda “O‘qituvchilarga ehtirom” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi Akademik litseyda “O‘qituvchilarga ehtirom” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi Akademik litseyda “O‘qituvchilarga ehtirom” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi