Namangan davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan 10-sonli Kengash yigʻilishi
05.06.2025 14:24:35 5
Namangan davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan 10-sonli Kengash yigʻilishi doirasida kun tartibidagi quyidagi masalalar koʻrib chiqilib, kengash a'zolari bilan tahlil qilindi.

Institutning bir guruh rahbar lavozimlariga nomzodlarning tayinlovlari amalga oshirildi hamda kengash aʼzolariga tanishtirildi;
Kengash tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida;
Namangan davlat pedagogika institutida Maslahat kengashini tuzish toʻgʻrisida;
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash to‘g‘risida;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi "Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-73-sonli Farmonining mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76 sonli Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;
Ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, xalqaro reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash, taʼlim sifati va tarbiyaviy ishlar boʻyicha top-1000 talikka kirgan OTM tajribasini tatbiq etish holati toʻgʻrisida;
"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida institutda amalga oshirayotgan ishlar toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-fevraldagi "Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" gi Qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida;
2024-2025 oʻquv yilida qabul qilingan magistrlarning malakaviy amaliyot obyektlarini aniqlash hamda amaliyot jarayonlarini nazorat qilish toʻgʻrisida;
Shuningdek, turli masalalar boʻyicha Kengash a'zolarining fikrlari tinglandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash yig‘ilishining qarori qabul qildi.