NamDPI va Turizm boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
24.09.2025 21:19:12 24
Namangan davlat pedagogika institutida institut Registrator ofisi tashabbusi bilan Turizm boshqarmasi va NamDPI o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur memorandumning asosiy maqsadi — ta’lim va turizm sohalaridagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish hamda hududimizda turizmning salohiyatini yanada kengroq namoyon etishga xizmat qilishdir.
Shartnoma doirasida:
• talabalarning amaliyot va malaka oshirish jarayonlarini turizm sohasidagi tashkilotlarda tashkil etish,
• qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish,
• xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash,
• turizmni targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu memorandum nafaqat institut talabalari uchun nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishga zamin yaratadi, balki hududda turizm sohasini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Hamkorlik aloqalari kelgusida Namangan davlat pedagogika instituti va Turizm boshqarmasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirib, yurtimiz yoshlarining turizm sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishiga keng yo‘l ochadi.