NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YANGI O'QUV YILI BOSHLANDI!
03.09.2025 15:15:01 51
Ilk talabalik baxtiga erishgan yoshlar bugun institut ostonasidan cheksiz hayajon, ulkan orzular va yangi umidlar bilan qadam qo‘ymoqda. Namangan davlat pedagogika instituti hovlisida ertalabdan bayramona kayfiyat hukm surdi.

2025–2026 o‘quv yilining tantanali ochilish tadbirini institut rektori Bahodir Xusanov ochib berib, talabalarga samimiy tilaklar yo‘lladi hamda yangi bilimlar sari dadil intilishga undadi.
O‘qishga eng yuqori ball bilan kirgan talabalarga rektor tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Tadbir davomida quvonch, faxr va ko‘tarinki kayfiyat hukmron bo‘ldi.
Tadbir yakunida talabalar mas’ullar boshchiligida o‘quv auditoriyalariga kuzatib qo‘yildi.