Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari koʻtarinki ruhda davom etmoqda
19.07.2025 09:03:24 99
Namanganda oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari koʻtarinki ruhda davom etmoqda

Bugun Namangan viloyatidagi belgilangan test markazlarida abituriyentlar uchun kirish imtihonlarining oltinchi kuni oʻz vaqtida va yuqori tartibda boshlandi.
"Doʻstlik" Akademik litseyida ham test jarayonlari xavfsizlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, abituriyentlar uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan.
Maqsad — yoshlarning bilim va salohiyatini adolatli baholash, ularning oliy taʼlim muassasalarida o‘qish istagini ro‘yobga chiqarishdir.
Test jarayonlari viloyatdagi masʼullar, shuningdek, Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan doimiy kuzatuvda olib borilmoqda.
Abituriyentlarning ota-onalari uchun qulay-shart sharoitlar yaratilgan boʻlib, farzandlarini test2025.uz sayti orqali online kuzatib borishmoqda.
Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad tilaymiz!