“Chiqindisiz tabiat — toza muhit sari muhim qadam”
14.04.2026 09:37:22 10
Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori U.Erkinboyev hamda Intelektual fanlar kafedrasi katta o'qtuvchisi M.Ibrohimov hamda "Eko klub" volontiyorlari tashabbusi bilan talaba-yoshlari ishtirokida “Chiqindisiz institut”, “Chiqindisiz mahalla”, “Chiqindisiz ko‘cha” shiorlari ostida keng ko‘lamli ekologik aksiyalar tashkil etildi.
🌿Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish hamda barqaror turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan muhim ijtimoiy-amaliy loyiha sifatida tashkil etildi.
🌴Aksiyaning bosh maqsadi — talaba-yoshlarda ekologik ong va ekologik mas’uliyatni shakllantirish, chiqindilarni kamaytirish, ularni saralash va qayta ishlash madaniyatini keng targ‘ib qilish orqali toza va obod muhit yaratishga hissa qo‘shishdan iborat.
🌳Aksiya doirasida “Chiqindisiz institut” shiori ostida talaba-yoshlar institut hududida tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. O‘quv binolari atrofidagi maishiy chiqindilar yig‘ishtirilib, yashil hududlar tartibga keltirildi hamda chiqindilarni alohida to‘plash uchun maxsus qutilar joylashtirildi. Shuningdek, talabalarga chiqindilarni organik va noorganik turlarga ajratishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
🌱Shu bilan birga, “Chiqindisiz mahalla” tashabbusi doirasida talaba-yoshlar mahalla fuqarolari bilan hamkorlikda ko‘cha va jamoat joylarida tozalik aksiyalarini o‘tkazdilar. Mahalla aholisi bilan muloqotlar tashkil etilib, maishiy chiqindilarni kamaytirish, plastikdan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
🍀Mazkur ekologik tashabbus talaba-yoshlarning jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirish, ekologik madaniyatni rivojlantirish hamda toza va obod muhitni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.