ICHKI ISHLAR TIZIMI VA INSTITUT HAMKORLIGI
25.04.2025 09:25:14 6
Namangan davlat pedagogika institutida Viloyat Ichki ishlar boshligʻining birinchi oʻrinbosari Qahramon Ergashev institut "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Mazkur uchrashuvdan maqsad — OTMda talabalar xavfsizligini taʼminlash, ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, Ichki ishlar vazirligi hamda OTM hamkorligini mustahkamlashdan iborat.
Uchrashuv davomida "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga, shu sohada natijadorlikka erishish yo'llari xususida oʻz taklif va mulohazalarini bildirib oʻtishdi.