Ijtimoiy fanlar fakultetida talaba qizlar bilan muloqot
08.09.2025 08:49:20 25
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida talaba qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G. Tajiboyeva va profilaktika inspektori G. Rahmatullayeva ishtirok etishdi.

Uchrashuvdan maqsad – institutga yangi qabul qilingan talaba qizlar bilan yaqindan tanishish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tarbiyaviy hamda targ‘ibot ishlarini olib borishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida talaba qizlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, shuningdek, institutda yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda talaba qizlarning huquqiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishiga oid muhim ma’lumotlar bilan tanishdilar.