Namangan davlat pedagogika institutining psixolog-mutaxassislari tomonidan psixologik seminar-trening tashkil etib kelinmoqda.
30.05.2025 08:48:25 8
Namangan davlat pedagogika institutining psixolog-mutaxassislari tomonidan viloyatdagi chegara va olis hududlardagi fuqarolar o‘rtasida psixologik seminar-trening tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ruhiy holatini mustahkamlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish ruhiy salomatligini yaxshilash maqsadida institut xotin-qizlar psixologi N.Tojiboyeva tomonidan Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida joylashgan “Sherbuloq” "Kelajak tongi" "Sohil" " Mingterak" mahalla fuqarolar yig‘inida turli mavzularda psixologik seminar-trening mashg‘uloti oʻtkazildi.
Fuqarolar bilan interaktiv muloqotlar olib borildi, turli hayotiy misollar orqali ularga o‘z hayotlariga boshqacha nazar bilan qarash va stress holatlarini boshqarish usullari psixologik mashqlar orqali tushuntirildi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilarda sezilarli darajada ruhiy yengillik, pozitiv kayfiyat paydo bo‘ldi.