English English English

AYOL VA JAMIYAT: YANGICHA QARASH, YANGICHA NIGOH, YANGI MAQSADLAR SARI

  29.05.2025 10:12:14    6


Namangan davlat pedagogika instituti hamda Namangan viloyati “Olima ayollar jamiyati” hamkorligida an’anaviy 64-Xalqaro gullar festivali doirasida “Ayol va ilm: taraqqiyotning ikki qanoti” mavzusida Olima ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.


AYOL VA JAMIYAT: YANGICHA QARASH, YANGICHA NIGOH, YANGI MAQSADLAR SARI


Ushbu forum – jamiyat taraqqiyotida ayollarning o‘rni, ilm-fan va ta’lim sohasida ularning faolligini yana bir bor namoyon etish, olimalarning yutuqlari, ilmiy qarashlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qildi.

Forumda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan taniqli olima ayollar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy fikr-mulohazalari, ma’ruzalari, innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etdilar. Ayollarning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, madaniyat kabi turli yo‘nalishlardagi ijtimoiy faolligi alohida ta’kidlandi.

Forumning asosiy maqsadi — ayollarning ilm-fan va ta’limdagi rolini yuksaltirish, ularning yutuqlari va ilg‘or tajribalarini targ‘ib qilish, shuningdek, yangi g‘oyalar va ilmiy tadqiqotlar uchun ijobiy muhit yaratishdan iboratdir.

Tadbir davomida gender tengligi, ayol huquqlari, ularni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarga faol jalb etish, shuningdek, ayollar ovozini jamiyatda eshitish, ularning ehtiyojlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.


AYOL VA JAMIYAT: YANGICHA QARASH, YANGICHA NIGOH, YANGI MAQSADLAR SARI AYOL VA JAMIYAT: YANGICHA QARASH, YANGICHA NIGOH, YANGI MAQSADLAR SARI AYOL VA JAMIYAT: YANGICHA QARASH, YANGICHA NIGOH, YANGI MAQSADLAR SARI AYOL VA JAMIYAT: YANGICHA QARASH, YANGICHA NIGOH, YANGI MAQSADLAR SARI AYOL VA JAMIYAT: YANGICHA QARASH, YANGICHA NIGOH, YANGI MAQSADLAR SARI AYOL VA JAMIYAT: YANGICHA QARASH, YANGICHA NIGOH, YANGI MAQSADLAR SARI AYOL VA JAMIYAT: YANGICHA QARASH, YANGICHA NIGOH, YANGI MAQSADLAR SARI