NamDPIda kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi
26.07.2025 08:45:06 9
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar ishtirokida kiberxavfsizlik mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda yoshlarning internetdan foydalanish madaniyati, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, zararli dasturlardan ehtiyot bo‘lish va raqamli makonda xavfsizlikni ta’minlash borasida zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.
Seminarda talabalar real holatlar misolida kiberxavfsizlik tahdidlari va ularga qarshi kurashish usullari haqida videoroliklar orqali batafsil ma’lumotlar olishdi. Shuningdek, tadbir interaktiv savol-javoblar, amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitildi.
Ushbu seminar-trening talabalar uchun zamonaviy raqamli dunyoda xavfsiz harakatlanish, axborot madaniyatini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.