English English English

QORAQO‘RG‘ONGA ILMIY-AMALIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI

  29.04.2026 13:22:44    37


Namangan davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Qoriyev hamda S.Abduraxmanovlar rahbarligida Chust tumanidagi Qoraqo‘rg‘on qishlog‘iga ilmiy-amaliy tashrif buyurdilar.


QORAQO‘RG‘ONGA ILMIY-AMALIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI


Qoraqo‘rg‘on Chust tumanining tog‘oldi hududida, Qirg‘iziston chegarasiga yaqin joylashgan bo‘lib, o‘zining betakror tabiati, musaffo havosi va landshaft xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi. Mazkur hudud ekoturizmni rivojlantirish uchun qulay tabiiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan maskanlardan biri hisoblanadi.

Tashrif davomida talabalar hududning ekoturistik salohiyati, tabiiy-geografik xususiyatlari, tog‘oldi landshaftlari, relyef shakllari, iqlim omillari, tuproq qoplami hamda flora va fauna xilma-xilligini bevosita kuzatdilar. Shuningdek, ekzogen va endogen jarayonlar, antropogen omillar ta’sirida yuz berayotgan tabiiy o‘zgarishlar ham tahlil qilindi.

Mazkur ilmiy-amaliy tashrif talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ekologik tafakkurini rivojlantirish, tahliliy yondashuv va ilmiy kuzatuv ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim аҳамият kasb etdi. Shu bilan birga, ularda tabiatni asrash va undan oqilona foydalanish mas’uliyatini yanada kuchaytirdi.

Ekoturizm — bu nafaqat sayohat, balki tabiatni anglash va uni asrash madaniyatidir.


QORAQO‘RG‘ONGA ILMIY-AMALIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI QORAQO‘RG‘ONGA ILMIY-AMALIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI QORAQO‘RG‘ONGA ILMIY-AMALIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI QORAQO‘RG‘ONGA ILMIY-AMALIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI QORAQO‘RG‘ONGA ILMIY-AMALIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI